Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy intellekt texnologiyasini keng joriy etish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi

Sun’iy intellekt texnologiyasini keng joriy etish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi

Bugun, 12-sentyabr kuni Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi AICA tomonidan tashkillashtirilgan Fintech tashkilotlari va banklar ishtirokida sun’iy intellekt texnologiyasini keng joriy etish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda Markaziy bank, yetakchi bank va fintech tashkilotlari vakillari, shuningdek, AICA rezidentlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tijorat banklari tomonidan sun’iy intellekt texnologiyasi qo‘llanilgan tizimlar va ular yordamida erishilgan natijalar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi. Raqamli texnologiyalar vazirligining ushbu sohada 2030-yilga qadar ustuvor maqsadlari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida banklar tomonidan keng foydalaniladigan skoring tizimini takomillashtirish hamda ushbu tizimga sun’iy intellekt texnologiyasini qo‘llash natijasida foydalanuvchilar qamrovini kengaytirish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring