Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Speaklish – O‘zbekistonning ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha innovatsion platformasi CNN e’tiborida

Speaklish – O‘zbekistonning ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha innovatsion platformasi CNN e’tiborida

O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirayotgan Speaklish platformasi global e’tiborni qozonmoqda.

CNNning “Marketplace Central Asia” dasturi doirasida yoritilgan loyihaning hozirda 50 mingdan ortiq foydalanuvchisi bor.

Speaklish vakillari ta’kidlashicha, loyiha Microsoft va Google kabi yirik kompaniyalarning startap grantlarini qo‘lga kiritgan. Platforma sun’iy intellekt yordamida foydalanuvchilarga til o‘rganish jarayonini yanada interaktiv va samarali qilishga yordam beradi.

Speaklishning mahsulotlar bo‘yicha bosh menejeri Jasmina Anorova intervyusida startapning maqsadi til o‘rganishni osonlashtirish va uni har bir inson uchun qulay qilish ekanini ta’kidladi.

Kelajakda Speaklish xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirib, foydalanuvchilar sonini yanada oshirishga harakat qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring