Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfonga "Kola" to‘kilib ketsa, nima bo‘ladi?

Smartfonga

Foto: Repairmitino

Gazlangan ichimliklarning elektron qurilmalar uchun xavfli ekanligini aniqlandi. Turli suyuqliklarning elektron qurilmalarga ta’siri o‘rganilib, elektronika uchun eng katta xavf sifatida "Koka-kola" va shakarli gazlangan ichimliklar ajratib ko‘rsatildi. U kontaktlarni oksidlaydi va bundan tozalashni nihoyatda qiyinlashtiradi.

Mutaxassislar smartfonga to‘kilgan qahvani kungaboqar yog‘i bilan taqqoslab, uning ta’sirini yo‘qotish gazlangan suvga qaraganda osonroq ekanligini ta’kidlashdi. Agar elektron qurilmalarga shirin ichimliklar to‘kib yuborsangiz, darhol xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilishingiz kerak.

Alkogol va suv elektronika uchun kamroq xavf tug‘diradi. Spirtli ichimliklar qismlarning oksidlanishiga to‘sqinlik qiluvchi himoya plyonka hosil qiladi, suv esa miqdoriga qarab xavfli bo‘lishi mumkin. Agar qurilmaga kichik bir tomchi suv tomsa, qurilmani o‘chiring va namlikni arting. Suv ko‘p miqdorda bo‘lsa, darhol mutaxassisga murojaat qilgan ma’qul.

Smartfon suv bilan aloqa qilishi protsessorning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Qurilmaning namlikdan himoyalanganligi haqidagi va’dalarga ishonib qolmang. Unda suv bilan qisqa muddatli aloqa qilish xavfsiz bo‘lishi nazarda tutilgan, ammo uzoq muddatli namlik kontaktlarning oksidlanishiga va natijada qurilmaning shikastlanishiga olib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring