Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Selfisevarlar uchun mos keluvchi smartfon

Selfisevarlar uchun mos keluvchi smartfon

Foto: Gazeta.ru

DxOMark test natijalariga ko‘ra, iPhone 15 Pro Max selfi uchun eng yaxshi kamerali telefon deb hisobalandi. Chunki uning old kamerasi sifati yuqori.

iPhone 15 Pro Max 114 ball to‘plagan holda raqobatchisi iPhone 14 Prodan to‘rt ochko oldinda bo‘ldi. Har ikkala smartfon ham 12 MP va f/1.9 diafragmali bir xil old kamera bilan jihozlangan.

iPhone 15 Pro Max yuqori darajadagi barqarorlik bilan kun davomida suratga olishda ajoyib natijalar beradi. Zero, smartfonning old kamerasi yuqori sifatli stabilizatsiya tizimini oldi.

Biroq smartfonning kamchiliklari ham yo‘q emas: ba’zida suratlarda artefaktlar ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, harakatdagi videoni suratga olishda kadrlar tiniqligida sezilarli farq bor. Mutaxassislar, shuningdek, raqamli shovqin mavjudligini ta’kidladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring