Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samsung qatorasiga 18-marta jahon televizorlar bozorida birinchi bo‘ldi

Samsung qatorasiga 18-marta jahon televizorlar bozorida birinchi bo‘ldi

Foto: Samsung

Omdia tahlil kompaniyasi 2023-yilda jahon bozorida eng ko‘p televizor sotgan kompaniyalar reytingini e’lon qildi.

2006-yildan buyon bozor yetakchisi bo‘lib turgan Samsung yana ushbu maqomni saqlab qoldi.

Samsung Electronics kompaniyasining global televizorlar bozoridagi ulushi 2023 yilda 30,1 foizni tashkil qildi. O‘tgan yili kompaniya QLED va Neo QLED turkumiga mansub qurilmalaridan 8,31 milliontasini sotdi, 2017-yildan buyon esa jami sotilgan televizorlari soni 44 milliontadan oshdi.

2023-yilda Samsung televizorlari premial segment ($2500 dan qimmat)da o‘rnini yanada mustahkamlab, ulushi 60,5 foizga yetdi, ya’ni bir yil oldingidan 12,2 foiz yuqori. Ulkan televizorlar (diagonali 75 dyuymdan katta) segmentida Samsung 33,9 foiz ulush bilan yetakchilik qildi, bunga asosan 98 dyuymli Neo QLED televizorlari evaziga erishildi.

Avvalroq, CES 2024 ko‘rgazmasida kompaniya “sun’iy intellektli ekranlar yangi asri” boshlanganini e’lon qilib, 3-avlod NQ8 AI protsessorini taqdim etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring