Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda yangi BPO-markazi ochildi

Samarqandda yangi BPO-markazi ochildi

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

27-oktyabr kuni Samarqand shahrida «Prime Samarkand» deb nomlangan navbatdagi BPO-markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda AKT vaziri Sherzod Shermatov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

BPO-markazini tashkil etishdan maqsad — yoshlar uchun ish o‘rinlarini yaratish, xorijiy buyurtmachi kompaniyalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, kelgusida O‘zbekistonni mintaqaviy IT xabga aylanishida o‘z hissasini qo‘sha oladigan yuqori darajadagi IT mutaxassislarni yetishtirish va bu orqali O‘zbekistondagi inson kapitalini rivojlantirish.

Markaz rahbarlari bilan uchrashuv davomida kelajakdagi aniq rejalar borasida mavjud bir qancha masala va takliflar muhokama qilindi.

Mazkur BPO-markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) ko‘magida ochildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring