Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi CompTIAning rasmiy “Platinum” hamkori maqomini oldi

Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi CompTIAning rasmiy “Platinum” hamkori maqomini oldi

Foto: Digital.edu

Kompyuter texnologiyalari va IT sohasida malaka oshirish va sertifikatsiya yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yetakchi tashkilot sanalgan “Computing Technology Industry Association” (CompTIA) bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollarini rejalashtirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

CompTIAning katta vitse prezidenti Jeyson Moss bilan o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda IT ta’limni rivojlantirishda kompaniyaning imkoniyatlari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari kelishib olindi.

Uchrashuv natijasida Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi CompTIAning rasmiy “Platinum” hamkori maqomini oldi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston CompTIA kompaniyasining sertifikatlari xarajatlari qoplab beriladigan xalqaro IT sertifikatlar ro‘yxati (https://t.me/digitaleduchat/926)ga kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring