Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qaysi kasb vakillari IT ta’sirida ishsiz qolishdan qo‘rqadi?

Qaysi kasb vakillari IT ta’sirida ishsiz qolishdan qo‘rqadi?

Foto: Viafuture.ru

GeekBrains mutaxassislari Rossiyada so‘rovnoma o‘tkazib, unda 18-55 yosh oralig‘idagi 2000 nafar kishiga savol bilan murojaat qildi.  

Natijalarga ko‘ra, ishtirokchilarning 58 foizi axborot texnologiyalari rivoji ish o‘rinlarini kamaytirishiga ishonadi. 46 foizi sun’iy intellekt xodimlar o‘rnini bosa oladi, deb fikrlaydi. 11 foizi esa ayti ta’sirida o‘z kasbi batamom yo‘q bo‘lib ketishidan xavotirda. Atigi 14 foizi nekbin farazlarni qayd etib, ishini yo‘qotmaslikka umid bildirgan.

Qo‘rquvli gumonlar esa asosan tarjimonlar (55%), xizmat ko‘rsatish tizimi xodimlari (51%), bankirlar (46%), hisobchilar (41%) tomonidan bildirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring