O‘zbekistonda mobil qaramlikka chek qo‘yildi! (+video)
Mamlakatimizda mobil qaramlikka chek qo‘yilganidan xabaringiz bormi?
27-oktyabrdan e’tiboran, yurtimizda MNP — mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirish xizmati ishga tushirildi.
Endilikda abonentlar mobil aloqa operatorlarining xizmat ko‘rsatish sifatiga qarab istalgan kompaniyani tanlashlari mumkin. Eng asosiysi, bu holatda sevimli raqamni o‘zgartirish shart emas.
Siz ham telefon raqamingizni o‘zgartirmagan holda mobil aloqa operatoringizni almashtirishni istaysizmi?
Buning uchun o‘zingiz tanlagan mobil aloqa operatorlarining ofisiga tashrif buyurib, raqamingizni ko‘chirish uchun ariza topshirasiz.
Arizani to‘ldirish uchun esa raqamni qaysi shaxsni tasdiqlovchi hujjatga rasmiylashtirgan bo‘lsangiz, aynan o‘sha hujjat (ya’ni pasport, ID-karta, haydovchilik guvohnomangiz yoki harbiy guvohnoma) yoningizda bo‘lishi lozim.
Raqamni ko‘chirish uchun bor-yo‘g‘i 10 daqiqa vaqtingiz ketadi. Xizmatdan foydalanish narxi o‘rtacha 60 ming so‘m.
Xizmatni faollashtirganingizdan so‘ng raqamingiz yangi aloqa operatoriga ulanganligi haqida SMS-xabarnoma keladi.
Shundan so‘ng esa sizga yangi SIM-karta topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter