O‘zbekiston MDHda MyID Palm texnologiyasidan foydalangan holda metroda innovatsion biometrik tizimini joriy qilgan birinchi davlat ekanligini bilarmidingiz?

MyID Palm tizimi — yo‘lovchilarni aniqlash uchun kaft venasi naqshini skanerlashdan foydalanadi. UZINFOCOM integratori va ATTO to‘lov tizimi operatori tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqilgan ushbu yechim tezkor, xavfsiz va kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Jamoat transportida MyID Palm tizimining joriy etilishi O‘zbekiston uchun raqamli texnologiyalar sohasida muhim qadam bo‘ldi.
Tizim nafaqat fuqarolarimiz uchun qulaylik va xavfsizlikni yaxshilash, balki biometrik ma’lumotlarni turli sohalarda qo‘llashda ham yangi marralarni ochib, mamlakatimizni texnologik jihatdan yanada ilg‘or bo‘lishiga imkonini bermoqda.
MyID Palmdan foydalanish to‘lov vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi va yo‘lovchilarning qulayligini yanada oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter