OnePlus 12 flagmani xalqaro bozor uchun taqdim etildi
OnePlus 12 flagman smartfonining xalqaro talqini rasman taqdim etildi.
Global versiya, 24 Gb/1 Tb operativ/ichki xotira yo‘qligini aytmaganda, Xitoydagisidan deyarli farq qilmaydi.
OnePlus 12 smartfonida 4 nanometrli Snapdragon 8 Gen 3 protsessori, 16 Gb operativ xotira (LPDDR5X) va 512 Gb gacha flesh-xotira (UFS 4.0) o‘rnatilgan.
Smartfonning 6,82 dyuymli LTPO4 AMOLED-displeyi 3168 × 1440 piksel, 120 Gs gacha dinamik yangilanish chastotasiga ega. Ekran yorqinligi: HDR-kontentdan foydalanganda — 4500 kd/m2 gacha, odatiy foydalanishda — 1600 kd/m2 gacha.
Asosiy kameralar texnologiyalari Hasselblad kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan, 50 megapikselli bosh sensor (Sony Lytia-808), 64 megapikselli OmniVision OV64B teleob’yektivi va 48 megapikselli Sony IMX581 keng burchakli ob’yektivi. Selfi-suratlar uchun 32 megapikselli kameradan foydalaniladi.
Sig‘imi 5400 mAs ga teng akkumulyator tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega: simli — 100 Vt gacha, simsiz — 50 Vt gacha, 10 Vt li simsiz teskari (boshqa qurilmalarni) quvvatlash funksiyasi bor.
Yashil va qora ranglarda chiqarilgan OnePlus 12 narxlari:
- 12/256 Gb — $800;
- 16/256 Gb — $900.
Smartfonlar sotuvi 6-fevraldan boshlanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter