Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Og‘riq bermaydigan igna

Og‘riq bermaydigan igna

Foto: Hightech.plus

Olimlar uzoq vaqtdan beri aqlli shprits yaratish ustida ishlamoqda, shunda u bir vaqtning o‘zida o‘tkir va qattiq igna xossalariga ega bo‘ladi. Koreyalik olimlar tomonidan yaratilgan aqlli va yumshoq igna esa suyuq galyum metalldan iborat.

In’yeksiya paytida galyum inson tanasining haroratiga ta’sir qilganda eriydi. Bu esa qon tomirlariga zarar bermasdan preparatni barqaror yetkazib berishni ta’minlaydi.

Texnologiya bemorlarning qulayligi va xavfsizligi uchun ishlab chiqilgan. Ayniqsa gipertenziv bemorlar va yuqori xolesterin darajasi bo‘lgan odamlarga qo‘l keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring