O‘yin yaratib boyib ketishni istaysizmi?

Sun’iy intellekt endi o‘yin yaratishni ham o‘rganib oldi.
Gap Google Genie 2 neyrotarmog‘i haqida ketmoqda.
Sun’iy intellekt yordamida o‘yin yaratish uchun bor-yo‘g‘i kerakli joyga rasm yoki matnli so‘rov kiritishning o‘zi kifoya. Qarabsizki, yoshlarni mukkasidan ketkizib, ekran qarshisiga muhrlab oladigan o‘yinlar tayyor.
Shuning uchun ham neyrotarmoqdan o‘yin yasab berishini so‘rayotganda, kelajak avlod uchun foydali va aqlni charxlaydigan o‘yinlar yaratishni aytish yodingizdan chiqmasin.
Eng asosiysi, ushbu neyrotarmoq asosida yaratilgan o‘yinlar boshqalarga qaraganda nihoyatda realistik va bir-biridan qiziqarli animatsiyalarga boy.
Endi gapning indallosiga o‘tadigan bo‘lsak, bu safar xabar.uz Telegram kanali orqali ushbu neyron tarmoqdan foydalanishingiz mumkin, deb va’da bera olmaymiz.
Chunki hozirda olimlar uni yanada takomillashtirish ustida ish olib borishmoqda.
Ammo neyrotarmoq orqali qimmatbaho o‘yinlar yaratishni hammadan keyin bilishni istamasangiz, albatta xabar.uz ga obuna bo‘lib qo‘yishingiz shart!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter