NASA Oy missiyasi vaqtida sodir bo‘lgan halokat sabablarini ma’lum qildi
Peregrine Oy modulining asosiy dvigatellari yopilishiga geliy ta’minoti klapanining noto‘g‘ri ishlashi sabab bo‘libdi. Biroq Amerikadagi Astrobotic kompaniyasining Griffin qo‘nish modulini Oyga uchirish rejalari o‘zgarmadi.
“Dvigatellarni ishga tayyorlashning yakuniy bosqichlaridan biri bu yoqilg‘i va oksidlovchiga geliy yetkazib berish uchun valfni ochishdir. Geliy va oksidlovchi o‘rtasidagi klapan to‘g‘ri ishlamadi va geliyni oksidlovchiga chiqarib yubordi”, — dedi NASA ilmiy missiyasi xodimi Joel Kerns.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hamma narsa tezda sodir bo‘ldi va taxminan bir daqiqadan so‘ng oksidlovchi joylashgan qismdagi bosim tankning xavfsizlik chegarasidan oshib ketdi. Shundan so‘ng u yorilib ketishi mumkin, bu esa yoqilg‘ining yo‘qolishiga olib keladi.
“Biz bunday anomaliya boshqa takrorlanmasligiga ishonch hosil qilishni istaymiz”, — dedi NASA vakili.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter