Mikroskop ostidagi narsalarni taniydigan neyrotarmoq
Novosibirsk davlat universiteti qoshidagi Intellektual robototexnika instituti mikroskoplar yordamida olingan tasvirlarni avtomatik tahlil qilish va tavsiflash uchun iOk sun’iy intellektiga asoslangan bepul onlayn xizmatlar to‘plamini ishlab chiqdi va ishga tushirdi. Platforma olimlarni rasmlarni qo‘lda qayta ishlashda yuzaga keladigan odatiy vazifalarni bajarishdan ozod qilish uchun mo‘ljallangan.
iOk platformasi tasvirni tahlil qilish uchun sun’iy intellektga asoslangan uchta onlayn xizmatlar to‘plamidir. Birinchi ikkitasi Telegram messenjerlarida bot shaklida amalga oshirilgan, uchinchisi esa veb-xizmatdir. Barcha dasturlarning o‘zagi 5 ming obektda o‘qitilgan neyrotarmoqdir.
Uchta dastur ham turli xil tasvirlar bilan ishlashga qodir: elektron mikroskoplar va raqamli kameralar (shu jumladan smartfonlar)dagi tasvirlar, shuningdek, videoyozuvlar. Ular turli ob’yektlarni taniydilar: nanozarrachalar, mikroorganizmlar, hujayralar va boshqalar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter