Meta 100 ta tilga tarjima qilish uchun til modelini chiqardi
Meta kompaniyasi nutq va matnlarni tarjima qilish uchun sun’iy intellektning multimodal modelini taqdim etdi. U SeamlessM4T deb nomlanadi. Neyron tarmoq matn va audioni qayta ishlaydi va 100 tagacha tilni qo‘llab-quvvatlaydi. Maqsadi turli tillarda so‘zlashadigan odamlarga bir-biri bilan yanada samarali muloqot qilishga yordam berishdir.
SeamlessM4T nutqni aniqlash, nutqni matnga tarjima qilish bilan shug‘ullanadi. Matnni tarjima qilish funksiyalarining har biri 100 ta tilni, nutqni chiqarish funksiyalari esa 36 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi.
Matn ma’lumotlari Vikipediya, yangiliklar manbalari, nutq skriptlari kabi manbalardan olingan va professional tarjimonlar tomonidan tarjima qilingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter