Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ma’lumotlarni 1,2 Tbit/s tezlikda uzatuvchi tarmoq ishga tushdi

Ma’lumotlarni 1,2 Tbit/s tezlikda uzatuvchi tarmoq ishga tushdi

Foto: Ixbt.com

Xitoyda shimolda Pekin, markazda Uxan va Guanchjou, janubda Guangdongni bog‘lovchi yuqori tezlikdagi internet liniyasi qurib bitkazildi. Shaharlar o‘rtasida ma’lumotlar uzatishning asosiy yo‘nalishini tashkil etuvchi magistral tarmoq soniyasiga 1,2 Tbitgacha uzatish imkoniyatiga ega. (Bugungi kunda aksariyat internet magistral tarmoqlari taxminan 100 Gbit/s tezlikda ishlaydi).

3000 km dan ortiq optik tolali liniya barcha ekspluatatsion sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, rasman ochildi. Magistral tarmoqlar ta’lim va tadqiqot dasturlari uchun zarurdir. Shuningdek, ulangan avtomobillar va 5G texnologiyasidan foydalanadigan korxonalar uchun ayni muddao. Chunki u orqali bir soniyada 150 ta filmni yuqori aniqlikda yuborish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring