Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lenovo ikki displeyli noutbuk ustida ishlamoqda

Lenovo ikki displeyli noutbuk ustida ishlamoqda

Foto: Beslist.nl

Shu oyning oxirida Barselonada Mobile World Congress 2024 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, unda butun dunyodagi elektronika ishlab chiqaruvchilari o‘zlarining yangi mahsulotlarini taqdim etadilar. Tadbirning doimiy ishtirokchilaridan biri Lenovo hisoblanadi. Bu yil Xitoy kompaniyasi bir nechta qurilmalarini namoyish etadi, ulardan biri ikkita displeyli noodatiy noutbuk bo‘lishi kutilmoqda, yana biri butunlay shaffof.

Shaffof OLED-displeylarini ishlab chiqarish texnologiyalarining rivojlanishi bilan ishlab chiqaruvchilar ularni o‘z qurilmalarida tez-tez qo‘llay boshladilar. Biroq, shaffof displey oddiy ekranga nisbatan ancha qimmatga tushadi. Shunga qaramay, Lenovo shaffof ekranli konseptual noutbukni taqdim etishga tayyor.

Internetda chop etilgan renderlarga ko‘ra, qurilma mutlaqo shaffof ekranli romsiz dizaynga ega. Noutbukning pastki qopqog‘i ham qisman shaffof, ammo u mustaqil ekran emas, sensorli klaviatura va sensorli panel vazifasini bajaradi. Yon tomonlardan birida tashqi qurilmalarni ulash uchun interfeyslar mavjud.

Ayni paytda yangi Lenovo noutbukining texnik xususiyatlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ko‘rinishidan, qurilma Windows 11 operatsion tizimida ishlaydi va ThinkBook liniyasining davomi bo‘ladi. Lenovo kompaniyasining shaffof ekranli noutbukni yaratish rejalari sirligicha qolmoqda. Ehtimol, oy oxirida 26–29-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan MWC 2024 ko‘rgazmasi doirasida ushbu noodatiy qurilma haqida ko‘proq ma’lumot olish mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring