Mashhur kompyuter o‘yinida Registon maydoni nusxasi yaratildi
Mashhur kompyuter o‘yinlaridan biri Minecraft’da Pkmncar nikli foydalanuvchi Registon maydonining to‘liq nusxasini yaratdi. Buning uchun 1 yil vaqt va 15 million dona blok kerak bo‘lgani qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Minecraft insoniyat tarixida eng ko‘p sotilgan, xususan 200 million dona va YouTube platformasida eng ko‘p tomosha qilingan kompyuter o‘yini hisoblanadi.
Mazkur platformada Registon maydonining paydo bo‘lishi, dunyoning turli burchaklarida O‘zbekistonga nisbatan qiziqishning ortishiga xizmat qiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter