Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kompyuterlar bozori barhayotmi?

Kompyuterlar bozori barhayotmi?

Foto: The Sydney Morning Herald

International Data Corporation (IDC) agentligining yangi hisoboti ko‘rsatishicha, kompyuterlar bozori koronavirus (COVID-19) pandemiyasidan so‘ng hanuz oldingi hajmiga qayta olmagan.

2023-yilda jahon bozorida 251,8 mln dona kompyuter sotildi — bir yil oldingidan 13,8 foiz kam. Aslida 2022-yildagi pasayish bundan ham yomonroq edi — 16,6 foiz.

Anglaganingizdek, qatorasiga ikki yildirki, kompyuterlar bozori hajmi ikki xonali raqamlarga qisqardi.

Umid yo‘q emas: IDC tahlilchilari yangi yildan vaziyat yaxshilanishga yuz tutishiga ishonishmoqda. Ammo “plyus”ga chiqish uchun kamida uch yil sabr qilish kerak bo‘ladi.

O‘sish nima hisobiga yuz beradi degan savolga javoban quyidagi omillar keltirilgan: eskirgan kompyuterlarning navbatdagi yangilanish bosqichi yaqinlashmoqda, sun’iy intellekt taraqqiyoti va global miqyosda aholining raqamlashtirilishi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring