Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistlar — neyrotarmoqlarga qarshi

Jurnalistlar — neyrotarmoqlarga qarshi

Foto: Telekanal 78

Kompyuter o‘yinlari, serial va filmlarni yorituvchi IGN nashrining 80 dan ortiq xodimlari o‘yin industriyasi jurnalistlarining kasaba uyushmasini tuzishmoqchi.

Geym-jurnalistlar o‘zlarining o‘rnini sun’iy intellekt egallab olishidan cho‘chishmoqda.

IGN Creators Guild kasaba uyushmasini tuzish tashabbusiga nashrning 85 foiz xodimlari — jurnalistlar, muharrirlar, yozuvchilar va boshqa kontent mualliflari qo‘shilishdi. Ular generativ neyrotarmoqning salbiy ta’siridan muhofaza choralari ko‘rilishini talab qilishmoqda — ular sun’iy ong tufayli ishsiz qolishdan xavotirdalar. Ish bo‘shatishga borib yetgan taqdirda, ularga tovon puli to‘lanishi shart.

Jurnalistlar tuzilajak kasaba uyushmasini ona kompaniya — Ziff Davis ixtiyoriy tan olishidan umidvorlar. Mashable va PCMag nashrlarida shunday bo‘lgandi. Tashkilotga boshqa OAVlarning xodimlari qo‘shilishlari mumkinmi-yo‘qmi — hozircha noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring