“IT Park Ventures” va “IT Bilim” vakillarining O‘zbekiston hududlari bo‘ylab safari qanday o‘tdi?

O‘tgan hafta mobaynida Nukusda 40 dan ortiq rezident kompaniya va startaplar bilan uchrashuv o‘tkazildi. “IT Park Ventures” vakillari venchur moliyalashtirish imkoniyatlarini taqdim etdilar.
“IT Bilim” vakillari esa "Bilgi" platformasi — IT kurslarini o‘z ichiga olgan ta’lim marketpleysi haqida ma’lumot berishdi.
Xorazm viloyatidagi tadbirda esa 50 dan ortiq rezident ishtirok etdi. Qatnashchilar venchur moliyalashtirish imkoniyatlari, “Local2Global” dasturi va boshqa tashabbuslar haqida ma’lumot oldilar.
Uchrashuv doirasida “IT Park Ventures” va “IT Bilim” vakillari startap loyihalarni amalga oshirish va bozorga kirish bo‘yicha tavsiyalar berishdi, shuningdek, eksportga chiqishni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi. Jarayonni nazorat qilish uchun KPI ko‘rsatkichlari belgilandi.
Shuningdek, rezidentlarga:
- IT o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash uchun maqsadli kreditlar dasturi;
- IT kompaniyalar uchun xavflarni kamaytirish uchun "Zero Risk";
- Xalqaro bozorlarga chiqish uchun “Local2Global” dasturlari haqida ma’lumot berildi.
- Taqdimotdan so‘ng startaplar bilan B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlarda loyihalarning joriy ishlari, investitsiyalarni jalb qilish yo‘llari, qo‘llab-quvvatlash usullari muhokama qilindi, shuningdek, rivojlanishni kuzatish uchun KPI ko‘rsatkichlari belgilandi.
Buxoroda ham rezidentlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda investitsiya imkoniyatlari va startaplarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Osiyo xalqaro universitetida talabalar o‘z loyihalarini taqdim etib, mutaxassislardan tavsiyalar olishdi.
Uchrashuvlarda asoschillar o‘z loyihalarini taqdim etib, kengaytirish chora-tadbirlarini muhokama qildilar.
Bundan tashqari, ishtirokchilar Navoiyda biznesni avtomatlashtirish va raqamlashtirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdilar.
“IT Park Ventures” va “IT Bilim” vakillari startap loyihalarni dastlabki bosqichlarda rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar, loyihalarni kengaytirish va investitsiyalarga tayyorlash usullarini muhokama qildilar.
“IT Park Ventures” va “IT Bilim” tashkilotlarining O‘zbekiston hududlari bo‘ylab safari mahalliy IT kompaniyalar va startaplarning venchur moliyalashtirish, ta’lim dasturlari va xalqaro kengayishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter