IT-huquq: Messenjer nima?
Savol: Messenjer nima?
Javob: Messenjer — foydalanuvchilarning onlayn rejimda Internet jahon axborot tarmog‘i orqali matn, audio, audiovizual va boshqa xabarlar va materiallar, boshqa ma’lumotlar orqali darhol almashish, tarqatish va uzatish, shuningdek ular o‘rtasidagi masofadan muloqot uchun mo‘ljallangan dastur, mobil ilova yoki veb-xizmat.
Ushbu ta’rif Butunjahon internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroridan o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter