IT - huquq: Elektron hujjatning majburiy rekvizitlariga nimalar kiradi?
Savol: Elektron hujjatning majburiy rekvizitlariga nimalar kiradi?
Javob: "Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida elektron hujjatning majburiy rekvizitlari ko‘rsatib o‘tilgan. Bular:
elektron raqamli imzo;
elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili;
hujjat yaratilgan sana.
Qonunchilikda yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter