Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

iPhone emas – NIO Phone!

iPhone emas – NIO Phone!

Foto: Gagadget.com

NIO kompaniyasi o‘zining birinchi smartfonini omma e’tiboriga havola etganidan bir hafta o‘tib, yangi qurilma uchun dasturiy ta’minotning antiqa versiyasini chiqardi.

Ishlab chiquvchilar dasturiy ta’minotga Vehisle Control va NIO Link xususiyatlarini qo‘shdilar. Tizim hajmi – 558 MB.

NIO Phone egalari endi navigatsiyani avtomobilga osongina o‘tkazishlari va uni smartfonning o‘zida yakunlashlari mumkin.

Bundan tashqari, gadjetga yangi ovozli buyruqlarni ham berishingiz mumkin. Masalan, erta tongda ko‘zingizni ochmasdan turib smartfoningizdan soat nechi bo‘lganligini so‘rashingiz, uydan chiqishingizdan avval esa yo‘l qanchalik tirband ekanligini bilib olishingiz mumkin.

Agar sizda ham xuddi shunday smartfon bo‘lsa, darrov qurilmangiz sozlamalarida dastur yangilanishi mavjudligini tekshirishing va ajoyib imkoniyatlardan bahramand bo‘ling!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring