Ingliz tilini aqlli kolonkadan o‘rganish mumkin
Xiaomi bolalar uchun aqlli kolonka chiqardi. Nomi - Xiaoai Speaker Kids Edition.
Ikkita dinamigi 32 GB xotiraga ega bo‘lib, 300 dan ortiq audioyozuvlarni o‘zida jamlay oladi. Kolonka orqali taqdim etiladigan kontent 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lganlarga mos keladi. Yaxshi tomoni - undan ingliz tilini o‘rganish uchun foydalanish mumkin.
Kolonka ota-onalar va farzandlar o‘rtasida ma’lumot almashishda ham vositachilik qiladi. Shuningdek, ota-onalar smartfondagi ilova orqali kolonka sozlamasini boshqarish imkoniyatiga egalar.
Hajmi 98,5 x 85 x 60,3 mm. Narxi 299 yuan (43 dollar).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter