Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Maskda yana bir muammo

Ilon Maskda yana bir muammo

Foto: theverge.com

Turkiya Raqobat kengashi Twitter’ni sotib olgani munosabati bilan Ilon Maskni jarimaga tortishga qaror qildi. E’lon qilingan bayonotda aytilishicha, jarima boshqaruvning ruxsatisiz kompaniyani egallagani uchun qo‘yilgan.

Natijada milliarder 2022 yilda Twitter’ning Turkiyadagi daromadining 0,1 foizi miqdorida jarimaga tortildi (aniq summa hali belgilanmagan). Kengash bayonotida aytilishicha, qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 27 oktyabr kuni Mask xuddi shu nomdagi ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvchi Twitter’ni sotib olish bo‘yicha 44 milliardlik shartnomani tuzgan edi. Bir necha oy ichida u kompaniya xodimlarini bir necha bor qisqartirdi va shu yil oxirigacha Twitter bosh direktori lavozimini tark etishga va’da berdi.

Bir hafta oldin Ilon Mask qolgan xodimlariga 2023 yil 24 martdayoq “juda muhim” aksiya bonuslarini olishlari haqida elektron pochta xabarini yuborgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring