Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Mask yana bir nimalarni boshladi

Ilon Mask yana bir nimalarni boshladi

Foto: Twitter

Tesla, Twitter va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask Fox News jurnalisti Taker Karlsonga bergan intervyusida uning yangi tashkil etilgan X.AI kompaniyasi TruthGPT chat-botini yaratishini ma’lum qildi va u bir sababga ko‘ra shunday nomlangan: bot "haqiqatni izlaydi".

"Men TruthGPT deb ataydigan narsani yoki imkon qadar haqiqatni qidiradigan, koinotning tabiatini tushunishga harakat qiladigan AIni ishga tushirmoqchiman", dedi milliarder va bu botdan xavfsirash o‘rinsiz ekanligini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga Mask yana bir bor e’tiborni "sivilizatsiyani yo‘q qilish imkoniyatiga ega" sun’iy intellekt xavfiga qaratdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring