Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilk bor koinotda mehmonxona qurilyapti

Ilk bor koinotda mehmonxona qurilyapti

Foto: "3dnews.ru"

Ha, bu Toshkent teleminorasidagi "Koinot" restorani emas, haqiqiy fazoviy mehmonxona. Dunyodagi ilk kosmik mehmonxona 2025 yilda qurilishi rejalashtirilmoqda. "Orbital Assembly" korporatsiyasi 2 ta orbital stansiya qurishni rejalashtirgan, u turistlarga mo‘ljallanadi.

Mehmonxonalardan biri 28, ikkinchisi esa 400 nafar mehmonni bag‘riga sig‘dira oladi. Ular navbat bilan 2025 va 2027 yillarda ochilishi kutilmoqda.

Mehmonxonalardan xohishga ko‘ra dam olish yoki ishlash uchun foydalanish mumkin. Kompaniya tomonidan orbitaga sayohat ekoturizmning o‘ziga xos turi sifatida kengaytirilmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring