Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hozir yoshlarbop istiqbolli soha — raqamli texnologiyalar

Hozir yoshlarbop istiqbolli soha — raqamli texnologiyalar

Foto: Xabar.uz

Kecha, 23-fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Yoshlarni ishga joylashtirish, zamonaviy kasb-hunarlar va tadbirkorlikka jalb etish masalalari muhokama qilingan yig‘ilishda ta’kidlanishicha, hozirgi kunda yoshlarbop istiqbolli soha bu — raqamli texnologiyalar. Shu bois Davlat dasturida “Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” loyihasi belgilangan. Shuningdek, bu yil axborot texnologiyalari sohasida 70 ming yoshni band qilish rejalashtirilgan.

Buning uchun qobiliyatli yigit-qizlarni aniqlab, IT-kasblar va xorijiy tillarni o‘rganishiga ko‘maklashish zarurligi ta’kidlanib, hokimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yoshlar ishlari agentligining “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali 1 million nafar o‘g‘il-qiz xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi. Maktablardagi bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun bepul ijaraga beriladi. Qishloq joylardagi o‘quvchilarning o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan 100 ta xususiy o‘quv markazining ijara xarajatlari 6 oygacha kompensatsiya qilinadi.

Shuningdek, xususiy kurslarda o‘qib, “C-1” sertifikatini olgan yoshlarga o‘qish xarajatlari, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari bo‘yicha esa “B-2” darajasi sertifikatini olish xarajatlari qoplab beriladi. Yana bir yangilik — bu yil nafaqat sertifikat olishdagi imtihon xarajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi.

“Ustoz” loyihasi doirasida 250 ming nafar yoshlar marketing, reklama, elektron savdo, IT-dizayner kabi 30 ta zamonaviy kasbga o‘rgatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring