Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Googlening DeepMind loyihasi sun’iy intellektga ega yangi robot tizimlarini taqdim etdi

Googlening DeepMind loyihasi sun’iy intellektga ega yangi robot tizimlarini taqdim etdi

Google kompaniyasining DeepMind loyihasi muhandislari sun’iy intellekt (SI) asosidagi ikkita yangi robotli tizim yaratilishini ma’lum qildi. Birinchi tizim ALOHA Unleashed robot yordamida bi-manipulyasiyani rivojlantirishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchisi DemoStart bir nechta barmoqlar va bo‘g‘imlarga ega robot qo‘llarning imkoniyatlarini yaxshilaydi.

Tadqiqot guruhining fikriga ko‘ra, mavjud robot qo‘llarning aksariyati ikkinchisining yordamisiz yakka o‘zi ishlaydi. ALOHA Unleashed dasturida robotga poyabzal bog‘ichlarini bog‘lash kabi murakkab vazifalarni bajarish uchun ikkala qo‘lni birga ishlatish o‘rgatilgan. Ushbu tizim Stenfordda ishlab chiqilgan ALOHA 2 platformasiga asoslangan va umumiy vazifalarni bajarishda qo‘llarning bir-biridan "xabardor" bo‘lishiga imkon berish orqali yepchillikni yaxshilaydi.

DemoStart loyihasi ko‘proq barmoqlar va sensorlardan foydalanishni talab qiladigan harakatlarni murakkab muvofiqlashtirishga qaratilgan. Jamoa robotlarga oddiy vazifalarni bajarish va ularning murakkabligini bosqichma-bosqich oshirish, masalan, kubni sudrab borish yoki gaykani mahkamlash kabilarni kuchaytirish uchun o‘qitish usullarini qo‘llagan. Ushbu ishlanmalar robototexnika va manipulyasiya sohasida yangi qirralarni ochadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring