"Google" reklama sabab jarimaga tortildi
Italiyada "Google" azart o‘yinni reklama qiluvchi rolik uchun 750 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi. Chunki bu mamlakat qonunchiligi bilan taqiqlangan.
Faqat kompaniya emas, reklama beruvchi ham jarimaga 700 ming yevro to‘laydigan bo‘ldi. Shu bilan birga reklama roligini chiqargan "Top Ads" kompaniyasi jarima jazosini o‘tashga majbur.
Aynan qaysi o‘yin reklama qilingani, rolik qancha daqiqa davom etgani haqida ma’lumot berilmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter