Google 2023-yilning Android uchun eng yaxshi o‘yin va ilovalarini e’lon qildi

Yakunlanayotgan yil sarhisobini qilgan Google kompaniyasi Android platformasi uchun eng yaxshi o‘yinlar va ilovalar o‘rin olgan an’anaviy yillik reytingini e’lon qildi. An’anaga ko‘ra, Google Play Best of 2023 Awards mukofoti egalari turli toifalar orasidan, jumladan, 2023-yil tendensiyasiga aylangan yangi yo‘nalishlar ichidan tanlab olindi.
“Foydalanuvchilar tanlovi” yo‘nalishida ChatGPT ilovasi g‘olib bo‘ldi, o‘yinlar orasidan esa foydalanuvchilar MONOPOLY GO!ni tanlashdi.
2023-yilning eng yaxshi ilovasi sifatida tanqidchilar Imprint: Learn Visuallyni e’tirof etishdi, u o‘zida psixologiya, salomatlik, texnologiyalar yo‘nalishlarida tadqiqotlar uchun vizual darslarni jamlagan.
Mobil o‘yinlar toifasida g‘olib — Honkai: Star Rail, bu o‘yinning chuqur mazmunga egaligi, vizual effektlarga boyligi va o‘ziga xos dizayni g‘alabani ta’minladi.
Turli toifa qurilmalar uchun eng yaxshi ilova — bu mukofotga barqaror ishlagani uchun Spotify striming musiqa servisi loyiq topildi, OUTERPLANE anime-strategiyasi esa eng yaxshi krossplatforma (platformalararo) o‘yini degan nomga sazovor bo‘ldi.
Boshqa toifalarda quyidagilar g‘olib va sovrindorlar (faxr bilan tilga olinganlar) bo‘ldi:
Soatlar uchun eng yaxshi: WhatsApp Messenger (faxr bilan tilga olinganlar: AllTrails: Hike, Bike & Run, Audible: Audio Entertainment)
Planshetlar uchun eng yaxshi: Concepts: Sketch, Note, Draw (faxr bilan tilga olinganlar: Canva: Design, Photo & Video, Everand: Ebooks and audiobooks)
Xorombuklar uchun eng yaxshi: FlipaClip: Create 2D Animation (faxr bilan tilga olinganlar: Evernote – Note Organizer, Wideo)
Google TV uchun eng yaxshi: Max: Stream HBO, TV, & Movies (faxr bilan tilga olinganlar: Amazon Prime Video, Crunchyroll, Disney+, Tubi: Movies & Live TV)
Avtomobillar uchun eng yaxshi: Amazon Prime Video (faxr bilan tilga olinganlar: Beach Buggy Racing, Spotify)
Eng yaxshi ko‘ngilochar vositalar: Bumble For Friends: Meet IRL (faxr bilan tilga olinganlar: Reelsy Reel Maker Video Editor)
Shaxsiy o‘sish uchun eng yaxshi: Voidpet Garden: Mental Health (faxr bilan tilga olinganlar: Imprint: Learn Visually)
Kundalik foydalanish uchun eng yaxshi: Artifact: Feed Your Curiosity (faxr bilan tilga olinganlar: ReciMe: Easy & Tasty Recipes)
Eng yaxshi foydali: Aware: Mindfulness & Wellbeing (faxr bilan tilga olinganlar: Stippl: Explore, Plan & Share)
Sun’iy intellektli eng yaxshi: Character AI: AI-Powered Chat (faxr bilan tilga olinganlar: ChatGPT)
Oilaviy foydalanish uchun eng yaxshi: Paw Patrol Academy (faxr bilan tilga olinganlar: LEGO DUPLO DISNEY)
Hayot uchun eng yaxshi: AWorld in support of ActNow
Turli janrlar orasida quyidagi taytllar g‘alaba qozondi:
Eng yaxshi ko‘p foydalanuvchili o‘yin: Farlight 84 (faxr bilan tilga olinganlar: Arena Breakout, Call of Dragons, MARVEL SNAP, Undawn)
Pick Up & Play janrida eng yaxshi: MONOPOLY GO! (faxr bilan tilga olinganlar: Chrome Valley Customs, Mighty DOOM, Monster Hunter Now, Ninja Must Die)
Eng yaxshi indi-o‘yin: Vampire Survivors (faxr bilan tilga olinganlar: Roto Force, Song of Bloom, Super Meat Boy Forever, Underground Blossom)
Eng yaxshi tarix: Honkai: Star Rail (faxr bilan tilga olinganlar: Down in Bermuda, FINAL FANTASY VII EVER CRISIS, Lost Words: Beyond the Page, MementoMori: AFKRPG)
Bugungi kunda eng yaxshi: Stumble Guys (faxr bilan tilga olinganlar: Clash of Clans, EA SPORTS FC™ Mobile Soccer, Merge Gardens, Royal Match)
Hayot uchun eng yaxshi: Pokémon Sleep (faxr bilan tilga olinganlar: Beecarbonize, Garden Joy – Design Game, Lingo Legend Language Learning, Longleaf Valley: Merge & Plant)
Play Pass da eng yaxshi: Magic Rampage (faxr bilan tilga olinganlar: ARIDA: Backland’s Awakening, Linea: An Innerlight Game, Machinarium, Silly Royale – Devil Amongst Us)
Planshetlar uchun eng yaxshi: Honkai: Star Rail (faxr bilan tilga olinganlar: MARVEL SNAP, MONOPOLY GO!, Roto Force, SOULS)
Xrombuklar uchun eng yaxshi: Minecraft
Shaxsiy kompyuter uchun eng yaxshi: Arknights
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter