Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google 2023-yilning eng ommalashgan o‘yinlarini e’lon qildi

Google 2023-yilning eng ommalashgan o‘yinlarini e’lon qildi

Foto: Dzen

Har yili OAV eng yaxshi o‘yinlar reytinglarini tuzadi, foydalanuvchilarning ovozlari asosida nufuzli mukofotlar egalari aniqlanadi, biroq auditoriyaning chinakam qiziqishini internetdagi qidiruvlar soniga qarab ham bilish mumkin. Shundan kelib chiqib, Google ham alohida 2023-yilning eng ommalashgan o‘yinlari reytingini tuzdi.

Reyting jahon bo‘ylab internet-qidiruvlarga asoslangan. Ma’lum bo‘lishicha, foydalanuvchilarni eng ko‘p qiziqtirgan o‘yinlar (izlashlar soni bo‘yicha) — Hogwarts Legacy va The Last of Us. Birinchi o‘yin nafaqat franshizasi ommalashgani, balki Joan Rouling bilan bog‘liq mojarolar, ikkinchi o‘yin esa shaxsiy kompyuterlar uchun relizi va serial sababli topga chiqan bo‘lsa ehtimol.

Reyting quyidagicha (top-10):

  1. Hogwarts Legacy
  2. The Last of Us
  3. Connections
  4. Battlegrounds Mobile India
  5. Starfield
  6. Baldur's Gate III
  7. Suika Game
  8. Diablo IV
  9. Atomic Heart
  10. Sons of the Forest

Mundfish studiyasining Atomic Heart o‘yini reytingga kirishi kutilmagan voqelik bo‘ldi. Anchayin nufuzli Baldur’s Gate III ommalashganlik bobida Starfielddan ortda qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring