Farg‘onada UZINFOCOM hududiy bo‘linmasi tashkil etildi
12-may kuni Farg‘ona shahrida TATU Farg‘ona filiali hududida UZINFOCOMning Farg‘ona viloyati bo‘yicha hududiy bo‘linmasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 14-apreldagi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 16 nafar mutaxassisdan iborat ikkinchi bo‘lim tashkil etildi. Ishning asosiy yo‘nalishi – raqamlashtirishni rivojlantirish va hududlarda aholining davlat xizmatlari va axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
Ochilish marosimi davomida AKT vaziri UZINFOCOM xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, xodimlarning sifatli va samarali ishlashi uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish lozimligi ham ta’kidlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter