Ertalabdan kechgacha kompyuterda o‘tirasizmi? Unda bu monitor siz uchun!
Philips kompyuterda ko‘p vaqtini o‘tkazadiganlar uchun noodatiy monitor taqdim etdi. Nomi 24B1D5600. Ko‘zlarigiz charchaganida qo‘sh ekrandan ikkinchisi sizga dam olishda yordam beradi. Ikkinchi ekranni matn emas, video ko‘rish uchun ham ishlatsa bo‘ladi.
Ushbu qo‘shimcha ekran E-Ink texnologiyasi bilan yasalgan. Undan elektron kitoblar yaratishda foydalaniladi. Tasvirlari oq-qora bo‘lib, piksel o‘rnida siyohdan foydalanilgan. Ekranga ko‘z tashlasangiz, o‘zingizni monitor emas, qog‘ozdan matn o‘qiyotgandek his qilasiz. Shuning uchun ko‘z zo‘riqmaydi.
Asosiy ekran 23,8-dyuym, IPS, 2560x1440, 70 Gs, 6 bit, Hi FRC; Qo‘shimcha ekran 13,3-dyuym, 1200x1600, yorug‘ligi 250 nit. Monitorning old panelida yorqinlik, kontrast, gammalarni boshqaruvchi tugmachalar mavjud.
Hozirda u faqat Xitoyda 5999 yuanga sotilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter