Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng aniq ob-havo ma’lumotlarini beradigan sun’iy intellekt

Eng aniq ob-havo ma’lumotlarini beradigan sun’iy intellekt

Foto: 3DNews

Londonda joylashgan Google DeepMind sun’iy intellekt laboratoriyasi 10 kunlik ob-havo bo‘yicha dunyodagi eng aniq ma’lumotlarni beradigan tizim ishlab chiqdi. Model GraphCast deb nomlanadi.

Sentyabr oyida u Li dovuli Kanadaning Yangi Shotlandiya qirg‘oqlariga 9 kun oldin kelishini bashorat qilgan, an’anaviy prognozlash vositalari esa 6 kun oldin bilgan. Bundan tashqari, ular quruqlikka tushish vaqti va joyi jihatidan kamroq aniq bo‘lib chiqdi.

Iqlim tobora oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lib borayotgan bir paytda, tabiiy ofatlar xavfi bilan kurashishni rejalashtirishda o‘z vaqtida va to‘g‘ri prognozlar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Ob-havoni bashorat qilishning an’anaviy usullari murakkab fizik tenglamalarga tayanadi, ular superkompyuterlar tomonidan qayta ishlangan algoritmlarga aylantiriladi. Bu maxsus bilim va katta hisoblash resurslarini talab qiladigan mashaqqatli jarayondir. GraphCast modeli mashinani o‘rganish algoritmlari va grafik neyron tarmoqlarini birlashtirish orqali ishni osonlashtiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring