Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi muzeyda ekskursiyani robot olib boradi

Endi muzeyda ekskursiyani robot olib boradi

Foto: "24gadget.ru"

Rossiyaning "Promobot" kompaniyasi yangi robot qo‘llanmasini ishlab chiqdi. Keng lingvistik baza tufayli robot o‘zi ishlayotgan joy haqida hamma narsani biladi va uni hech qachon unutmaydi. Ular muassasaga yangi tashrif buyuruvchilarni jalb qilishi va xodimlarning ishini osonlashtirishi mumkin.

Robot quyidagi vazifalarni bajara oladi: o‘z ekranida reklama materiallarini ko‘rsatish, mehmonlarning savollariga javob berish, guruhlarga muzey eksponatlari haqida aytib berish.

Qurilmaga to‘siqlarni sezuvchi tizim o‘rnatilgan bo‘lib, u mexanizatsiyalashgan xodimni hudud bo‘ylab boshqaradi va uni ob’yektlar bilan kutilmagan to‘qnashuvlardan himoya qiladi.

Bugungi kunda "Promobot" eng yirik avtonom xizmat robotlari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. U yaratgan robotlar muzeydan tashqari bank, aeroport, savdo markazlarida ham mehnat qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring