Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron chiqindilarni poyabzalga aylantirish mumkin (+video)

Elektron chiqindilarni poyabzalga aylantirish mumkin (+video)

Foto: Habr.com

Tayvanning Ccilu kompaniyasi TSMCning qayta ishlangan elektron chiqindilaridan tayyorlangan poyabzallarni sota boshladi. Bir juft poyabzal 41 dollardan 65 dollargacha narxlangan.

2012 yili asos solingan Ccilu kompaniyasi qayta ishlangan idishlardan yasaladigan poyabzallari bilan mashhur. O‘tgan yili u poyabzal ishlab chiqarish uchun elektron chiqindilardan foydalangan birinchi kompaniyaga aylandi.

Elektron chiqindidan tayyorlangan bir juft silikon shippaklar xom neft iste’molini 0,5 litr va karbonat angidrid chiqindilarini 1 kg.ga kamaytiradi.

Kompaniya, shuningdek, eski poyabzallarni elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun yoqilg‘iga aylantiradigan piroliz texnologiyasini ishlab chiqmoqda. Bu energiya o‘z navbatida Ccilu zavodida poyabzal ishlab chiqarishga sarflanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring