Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektrod yordamida quyosh panellari samaradorligi oshiriladi

Elektrod yordamida quyosh panellari samaradorligi oshiriladi

Foto: Habr.com

Yekaterinburglik olimlar Iroq va Saudiya Arabistonidagi hamkasblari bilan birgalikda ishlab chiqqan yangi elektrod bo‘yoqlarga sezgir bo‘lgan quyosh panellarining samaradorligini 42 foizga oshirdi. Elektrod nisbatan arzon materiallardan - selen va volframdan iborat va shu tufayli u qimmatroq platinalarga muqobil bo‘lishi mumkin.

Elektrod bo‘yoqqa sezgir bo‘lgan quyosh panellarining muhim tarkibiy qismidir. U qurilmaning turli qismlari o‘rtasida elektr energiyasini uzatish uchun javobgar. Haqiqiy sharoitda silikon quyosh panellarining samaradorligi 15-20% ni tashkil qiladi. Bu bo‘yoqqa sezgir bo‘lgan quyosh panellaridan ko‘ra ko‘proq.

Olimlar volfram va selendan tashkil topgan bimetalik birikmadan yangi elektrod ishlab chiqdilar. Uning xususiyatlarini yaxshilash uchun fiziklar rux ionlarini qo‘shdilar. Ushbu ixtiro bo‘yoqqa sezgir bo‘lgan quyosh panellarining energiya samaradorligini yanada oshirish uchun optimal material tarkibini aniqlashga yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring