Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Durli zirak shaklidagi quloqchin

Durli zirak shaklidagi quloqchin

Foto: Hi-tech.mail.ru

Nova kompaniyasi H1 Audio Earrings nomli quloqchin taqdim etdi. U ko‘rinishidan durdan ko‘z qilingan bir juft zirakni eslatadi. Quloqqa ovozni yetkazish dinamiklar orqali hal etiladi.

Lekin unda shovqinni bekor qilish funksiyasi yo‘q. Musiqa bilan birga atrofdagi ovozlar ham eshitilaveradi. U orqali 3,5 soat musiqa tinglash, 2,5 soat mikrofon orqali gaplashishga yetadi.

Quloqchin g‘ilofi ham xuddi zirak futlyariga o‘xshab ishlangan. Lekin bitta yomon tomoni bor - har biri 7,7 gramm bo‘lib, quloqlarga og‘irlik qilishi mumkin.

Yevropada tillasi 695 yevro, kumushi 595 yevroga sotilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring