Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning yetakchi kompaniyalari – Wolters Kluwer va Epam delegatsiyasi IT Park majmuasi hamda UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi

Dunyoning yetakchi kompaniyalari – Wolters Kluwer va Epam delegatsiyasi IT Park majmuasi hamda UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurdi

Mehmonlarga Yagona integratorning asosiy loyihalari va yutuqlari taqdim etildi.

Ushbu taqdimot kompaniyaning raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda mamlakatni xalqaro maydonga olib chiqishdagi faol rolini ta’kidladi.

Xususan, elektron hukumat, axborot xavfsizligi va fuqarolar hamda biznes uchun innovatsion xizmatlar sohalaridagi ishlanmalarga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun, Wolters Kluwer – turli sohalarda professional ma’lumotlar, dasturiy yechimlar va konsalting xizmatlarini taqdim etishga ixtisoslashgan yetakchi xalqaro kompaniya.

Epamning dunyo bo‘ylab 500 mutaxassisi Wolters Kluwer loyihalarida ishlaydi, jumladan, O‘zbekistonda 30 nafar Epam xodimi ushbu jarayonda ishtirok etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring