Dunyodagi eng kichkina 3D-printer

My N Mi nomli YouTube-kanali muallifi dunyodagi eng kichkina 3D-printerni namoyish etdi. Uning uzunligi 41 mm., vazni 17 g. Qiyosan aytganda, gugurt qutisidek keladi.
Printerda barcha odatiy funksiyalar mavjud. Kompyuterga orqa tomonidagi micro USB porti orqali ulanadi. Stereolitografiya (SLA) texnologiyasi asosida ishlaydi.
Chop etish uchun mavjud bo‘lgan ob’yektning maksimal o‘lchamlari kichikroq: 11 × 11 × 17 mm. Qatlam o‘lchamlari 0,005 dan 0,3 mm.gacha, aniqligi esa 0,135 mm.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter