ChatGPTda ro‘yxatdan o‘tish Smartchopon bilan juda oson! (+video)
ChatGPTdan endilikda O‘zbekistonda ham bemalol VPNsiz foydalanish mumkinligini eshitgan yurtdoshlarimiz OpenAIda qanday qilib ro‘yxatdan o‘tishni bilmay Smartchoponni juda bezor qilishdi.
Shu bois Smartchopon do‘sti Omonga o‘rgatgan ChatGPTdan foydalanish bo‘yicha barcha sir-asrorlarni va hattoki elektron pochta ochish yo‘l-yo‘riqlarini ham hamma bilan baham ko‘rishga qaror qildi.
O‘zi shu Qoravoy, yo‘g‘-ye, Smartchopon deganlari juda bir saxiy yigit-da. Ammo bir kayfiyati buzilsa barcha qimmatli ma’lumotlarni shartta o‘chirib tashlashi ham mumkin.
Shuning uchun ko‘p o‘ylab o‘tirmay, hoziroq ushbu videoni barcha do‘stlaringizga yuborib tashlang!
Tag‘in ChatGPTning bebaho xizmatlaridan va tavsiyalaridan bebahra qolib yurishmasin...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter