BYD kompaniyasi Spark muxlislari uchun ajoyib mashina chiqardi: narxi $10 ming atrofida
BYD kompaniyasi yangi Seagull Honor Edition elektromobilini chiqardi. Oldingi modellarga qaraganda ixcham bu seriyada uch xil modifikatsiyadagi, akkumulyatorlari ikki toifaga mansub mashinalar taklif etilyapti. Eng muhim jihatlaridan biri — arzonligi, oddiy versiyasining narxi 10 ming dollar ham chiqmaydi.
Demak, uch xil modifikatsiya taklif etilyapti:
- Active — 9 700 dollar;
- Free — 10 530 dollar;
- Flying — 11 920 dollar.
Seagull Honor Edition o‘lchamlari: 3780 x 1715 x 1540 mm. Elektr motorining kuchi — 55 kVt, aylatirma moment — 135 Nm. Seagull Honor Edition soatiga 50 km tezlik olish uchun 4,9 soniya sarflaydi.
Seagull Honor Edition mashinalarida ikki toifa akkumulyatorlar o‘rnatiladi. Standart — 30,08 kVts quvvati 305 km yo‘l bosishga yetadi. Top-model Flying akkumulyatori sig‘imi 38,88 kVts bo‘lib, 405 km masofaga mo‘ljallangan.
Bazaviy versiya 15 dyuymli po‘lat disklar, xavfsizlik yostiqchalari, parkovka datchiklari, ort kamera va kruiz-nazorat tizimi bilan jihozlangan.
Free va Flying elektromobillari esa 16 dyuymli yengil (alyuminiy) disklar, haydovchiga yordamchi ADAS tizimi, belgilarni tanish tizimi, moslashuvchan kruiz-nazorat hamda yo‘ldan chiqib ketganda ishga tushuvchi favqulodda tormozlanish va ogohlantirish funksiyalariga ega.
Barcha modellarda yorug‘lik diodli faralar o‘rnatiladi, rul chambaraklari sun’iy charm bilan qoplanadi, smartfonlar uchun simsiz quvvatlagichlar, Bluetooth, 4G NFC hamda haydovchining oynasi qisilib qolishdan himoyalangan elektr oyna ko‘targichlar ishlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter