“Build with AI for Academics” — Universitet o‘qituvchilari uchun innovatsion bepul imkoniyatlar!

Hurmatli universitet professorlari va akademiklar, Google tomonidan “Build with AI for Academics” bepul dasturi ishga tushishi arafasida. Ushbu dastur kompyuter fanlari o‘qituvchilarini ilg‘or Cloud texnologiyalar va Sun’iy intellekt bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Bepul dastur orqali siz:
✅ AI va Cloud bo‘yicha laboratoriyalar va sertifikatlarga ega bo‘lasiz;
✅ Skills Boost va Gemini/Gemma bilan laboratoriyalar yaratish bo‘yicha treninglardan o‘tasiz;
✅ O‘quv dasturida ilg‘or AI va Cloud texnologiyalarini integratsiya qilishda yordam olasiz;
✅ Google Developer Expert maqomiga yo‘l ochadigan tajriba orttirasiz.
Bu dastur orqali siz dunyo miqyosidagi AI va Cloud mutaxassislari bilan ishlash, ilg‘or texnologiyalarni o‘z dars jarayonlaringizga tatbiq qilish va O‘zbekistonning raqamli rivojlanishiga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!
Ariza topshirish muddati: 25-mart 2025-yilgacha
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish havola: https://rsvp.withgoogle.com/events/bw-ai-academics-menat2025
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter