Bir milliardga yaqin odam kar bo‘lib qolishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘ylab 430 milliondan ortiq odam eshitish qobiliyatini yo‘qotgan. Kelajakda holat yanada yomonlashishi mumkin. Chunki yoshlarimiz shaxsiy audio qurilmalar va baland musiqa qo‘yiladigan joylarga mukkasidan ketgan.
Mutaxassislar 12-34 yosh oralig‘idagi insonlar davrasida 33 ta tadqiqot o‘tkazdilar. Ishtirok etgan 20 mingta kishining yarmi smartfon va pleyerlardan quloqchin orqali musiqa tinglagan bo‘lsa, qolgan qismi shovqinli ko‘ngilochar joylarda vaqtini o‘tkazgan. Natijada yoshlar me’yordan baland ovozni xush ko‘rishlari ma’lum bo‘ldi.
Yaqin orada eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfi ostidagi yoshlar soni 0,67 milliarddan 1,35 milliardga ko‘tarilishi mumkin. Har bir jamiyat buning global profilaktikasini olib borishi shart. Bu haqida nafaqat iste’molchilar, balki audio qurilma ishlab chiqaruvchilar ham bosh qotirsalar, ayni muddao.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter