Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aqlli ryukzak eng yaqin maslahatgo‘yingizga aylanadi

Aqlli ryukzak eng yaqin maslahatgo‘yingizga aylanadi

Foto: Techcult

AQSh Patent idorasi o‘z egasiga universal ma’lumot yordamchisi vazifasini o‘taydigan “aqlli ryukzak” texnologiyasi uchun Microsoftning patent arizasini e’lon qildi. Bunga sun’iy intellektdan foydalanish orqali erishiladi.

Ryukzak ichiga miniatyura kompyuteri o‘rnatilgan bo‘lib, u tashqi tomondan ma’lumotni sensorlar to‘plami orqali qabul qiladi. U kiruvchi ma’lumotlarni sharhlaydi va sun’iy intellekt serveriga so‘rovlar yuboradi. Ryukzak kameralar orqali hududni tekshirishi, uning joylashgan joyini aniqlashtirishi, tovushlar va boshqa ma’lumotlarni yozib olishi mumkin.

Foydalanuvchi bilan muloqot ovozli buyruqlar orqali amalga oshiriladi. Tizim voqealarni boshqarishga qodir va maslahat berishga usta. Masalan, agar bir necha soat ichida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilsa, ochiq stadionda konsertga bormaslik haqida ogohlantiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring