Apple politsiyani bekorga ovora qilmoqchi emas
Apple yangi - iOS 16.3 versiyasini chiqargan bo‘lib, unda bir qancha funksiyalar paydo bo‘lgan. Shuningdek, oldingi operatsiion tizimdagi xatolar to‘g‘irlangan.
Unda Emergency SOS mexanizmini to‘g‘irlab, yolg‘on chaqiruvlarni kamaytirishga urindi. Oxirgi paytlar Apple gadjetlarining bu funksiyasi favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilari va politsiyani bekorga ovora qilayotgan edi. Oldin tugmachani bosishi bilan falokat haqida xabar ketardi, endi esa tezkor yordamga muhtoj odam tugmachani biroz bosib turishi, so‘ng qo‘yib yuborishi kerak.
Bundan tashqari, HomePod aqlli kolonkalari, Siri ovozli yordamchisi va iPhone 14 Pro Max bilan bog‘liq qulayliklar ham qo‘shildi. Yana bir muhim yangilik ikki faktorli jismoniy avtorizatsiyadir.
iOS 16.3 operatsion tizimini o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, "Sozlash" bo‘limini oching, undan "Asosiy" menyusiga o‘ting va "Dasturiy ta’minotni yangilash"ni tanlang.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter