Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1937-yilda chizilgan rasmda smartfon qayerdan paydo bo‘ldi?  

1937-yilda chizilgan rasmda smartfon qayerdan paydo bo‘ldi?  

Foto: Hi-tech.mail.ru

Endi Amerikaning Springfild shahridagi Bosh pochta bo‘limi binosini 1937-yilda yaratilgan rasm bezatib turadi. Unda XVII asrdagi voqea — amerikaliklar bilan savdo qiluvchi mustamlakachilar tasvirlangan. Ammo undagi bir detal kishini ajablantiryapti.

Surat qahramonlaridan biri kichik buyumni ushlab turibdi. Uni ko‘pchilik zamonaviy smartfon deb taxmin qilmoqda. Rasmni chizgan rassom Umberto Romano 1982 yilda vafot etgan.

Aslida rasmda tasvirlangan sahnada fantastik hech narsa yo‘q. San’atshunos Daniel Kronning ta’kidlashicha, bu smartfon emas, balki oyna (ko‘zgu). Mustamlakachilar ko‘pincha o‘zlari bilan oyna olib yurishgan va savdo paytida foydalanishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring